BLOOMBERG GENDER TENGLIGI INDEKSI (Bloomberg Gender-Equality Index)
BLOOMBERG GENDER TENGLIGI INDEKSI (Bloomberg Gender-Equality Index)
Bloomberg Gender tengligi indeksi (Bloomberg Gender-Equality Index) kompaniyalarda mavjud ish joyidagi gender tengligini baholaydigan indeksdir. U gender tengligi bo‘yicha hisobotida shaffoflikni ta’minlash va gender tengligini ta’minlash majburiyatini olgan davlatlarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalar faoliyatini kuzatish uchun mo‘ljallangan. Indeks turli sohalar va mintaqalardagi kompaniyalar ma’lumotlari asosida baholanadi. Bloomberg Gender tengligi indeksiga kiritilgan kompaniyalarda gender bilan bog‘liq ma’lumotlar, kompaniyalarning gender siyosatlari, kompaniyalarda gender tengligini ta’minlashda jamoatchilik ishtiroki va gender tengligi bilan bog‘liq boshqa omillarni oshkor qilish asosida baholanadi.
Indeksning asosiy maqsadi: investorlarga kompaniyalarning ish joylarida gender tengligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlari va majburiyatlari haqida umumiy tushuncha taqdim qiladi.
Bloombergning Gender tengligi indeksi 2015-yildan shakllantirilgan bo‘lsa, Kompaniya 2023-yilga kelib jami 8 ta hisobotini e’lon qildi. Bloomberg 8 yildan buyon gender tengsizligini qisqartirishga urinayotgan dunyoning ko‘plab davlatlaridagi yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda Gender-Tenglik indeksini baholab kelmoqda.
Bloomberg Gender tengligi indeksi 2023-yilgi hisobotini tayyorlashda 50 davlatda joylashgan jami 620 ta yirik kompaniyalar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida baholangan. Indeksni baholashda 2022-yildagi kompaniyalar soniga qaraganda 11% ko‘p demakdir. 2023-yilgi Gender-Tenglik indeksi baholashda Osiyo-Tinch okeani mamlakatlaridan 21 ta yangi kompaniya va Lyuksemburg, Ekvador va Quvayt kabi yangi ishtirokchi davlatlar ham qo‘shildi. Indeks baholanayotganda 620 ta kompaniya ichidan indeksni baholash talablariga javob beradigan 484 ta kompaniya tanlab olindi. Bu kompaniyalar 45 ta davlatda joylashgan bo‘lib, 11 ta sektor va 54 ta sanoat tarmog‘ini qamrab oladi.
Kompaniyalar ham, investorlar ham ishonchli, standartlashtirilgan ma’lumotlardan foydalanadilar. Global tartib-qoidalar va barqaror investitsiyalar o‘sishda davom etar ekan, kompaniyalar o‘zlarining korporativ siyosatlarini yaxshilashga harakat qilmoqdalar. GTI gender tarkibi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yaxshiroq baholash, tahlil qilish va kuzatish uchun muhim vosita hisoblanadi.
Gender tengligi indeksiga kiritilgan kompaniyalar o‘zlarining gender ko‘rsatkichlarini ixtiyoriy ravishda Bloombergga taqdim qilishadi. Bloomberg ish joylarida gender tengligiga erishish uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarni indeksini baholash va muntazam kuzatish uchun ularni 5 ta asosiy guruhga ajratib indeksni baholaydi.
Gender tengligi indeksiga kirish uchun 2023-yilda jami 620 ta kompaniya o‘zlarining gender bilan bog‘liq ma’lumotlarini taqdim etgan bo‘lsa, indeks baholash mezoni bo‘yicha talab qilingan chegaradan yuqori ball to‘plagan 484 ta kompaniya indeksi baholash uchun tanlab olindi. Ishtirokchi kompaniyalar GEIning kompaniya ma’lumotlarini oshkor qilish majburiyatiga asosan 2021-yilgi moliyaviy yil uchun to‘liq ma’lumotlar to‘plami Bloomberg terminalida e’lon qilingan.
Bloomberg terminalida investorlar ommaviy kompaniyalarning gender tengligi bilan bog‘liq batafsil, har tomonlama taqqoslanadigan individual ma’lumotlar to‘plamini topishlari mumkin. Ushbu ma’lumotlarni kompaniyalar keng investorlar guruhiga taqdim etishi bilan bir qatorda, Bloombergning gender tengligi siyosatini ishlab chiqish va oshkoralikni targ‘ib etish orqali gender tengligini qo‘llab-quvvatlashga tarafdor bo‘lgan kompaniyalar faoliyatini kuzatish uchun GTIni ishlab chiqildi. GTI kompaniyalar uchun kapitalni jalb qilish va investor bazalarini kengaytirish uchun muhim imkoniyatdir.
Bloomberg GTI baholash metodologiyasi
GTIning umumiy balli ikki komponentdan iborat: oshkor qilingan ma’lumotlar miqdori va ma’lumotlarning mukammalligi. Ma’lumotlarning mukammalligi kompaniyaning ish faoliyatini GTI tizimining asosiy guruhlari bo‘yicha, uning sanoatdagi tengdoshlar guruhi bilan taqqoslaganda baholaydi. GTI balli 0% dan 100% gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha o‘lchanadi, 100% mukammal ball hisoblanadi.
Bloomberg 2015-yilda gender hisobotini nashr etganida, maqsad oddiy edi, ya’ni kompaniyalarning ijtimoiy muammolarini hal qilishda ishtirok oshirish bo’lgan.
Bloombergni moliyaviy ma’lumotlar yetkazib beruvchi sifatida ishtiroki moliyaviy bozorlarda shaffoflikni ta’minlashda investorlarga qaror qabul qilishda yordam berish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etish uchun juda muhimdir.
Ijtimoiy mas’uliyatli investorlar potensial investitsiyalarni topishda foydalanadigan kompaniya faoliyati standartlari ma’lumoti sifatida kompaniyaning ekologik, ijtimoiy va boshqaruv muammolarini hal qilishda ishtirok etishiga alohida e’tibor qaratishadi.
GTI baholanayotganda 70 dan ortiq ko‘rsatgichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarni besh guruhga bo‘lib, tadqiqot davomida olingan natijalar bo‘yicha kompaniyaning har bir ko‘rsatgichi bo‘yicha ball berib boriladi. Olingan natijalar bo‘yicha sanoat tarmoqlari bo‘yicha sharhlar beriladi. GTI baholash metodologiyasi bo‘yicha beshta guruh ma’lumotlari shaffof baholanadi.
Bloomberg 2023-yilgi hisobot davrida GTI baholashda 4 ta mintaqadagi 50 ta mamlakatda joylashgan 11 ta sektor va 57 turdagi sanoat sohasida faoliyat yuritayotgan 620 ta ishtirokchi kompaniyalar ma’lumotlaridan foydalanildi.
Ishtirokchi kompaniyalarning mintaqaviy ulushi bo‘yicha 39% kompaniyalar Shimoliy Amarekada (AMER), 36% Yevropa, Yaqin Sharq va Afrikada (EMEA), 17% Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (APAC) va 7% Lotin Amerikasida (LATAM) joylashgan. 2023-yilda uchta yangi korporativ shtab-kvartiraga ega kompaniyalar ishtirokchilar ro‘yxatiga Ekvador, Quvayt va Lyuksemburg davlatlaroda joylashgan kompaniyalar kiritildi.
2021-yilda GTIni baholatish uchun o‘z ma’lumotlarini Bloombergga taqdim etgan kompaniyalar taqdim etilgan ma’lumotlarini oshkor qilish bo‘yicha o‘rtacha ball 93% ni tashkil etdi. Shundan energetika va ko‘chmas mulk sektoridagi kompaniyalar ma’lumotlarni oshkor qilish bo‘yicha mos ravishda 96% va 95% ball to‘plagan holda eng yuqori ball to‘plagan bo‘lsa, Lotin Amerikasi (97%) eng yuqori ball to‘plagan mintaqa bo‘ldi.
Bloomberg Gender Tengligi Indeksi
Please wait while flipbook is loading. For more related info, FAQs and issues please refer to DearFlip WordPress Flipbook Plugin Help documentation.