GЕNDЕR INDЕKSLAR KATALOGI

Xalqaro nodavlat tashkilotlariining ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda mamlakatlarning o‘rnini belgilab beruvchi, eng muhim xalqaro tashkilotlar va yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari, institutlari tomonidan tuziladigan 60 ta hisobotlar va statistikalar, 24 ta xalqaro indeks hamda 20 ta xalqaro reyting mavjud. AQSHning mashhur Janubiy Karolina Universiteti tomonidan global reyting va indekslar tasniflanishi asosida dunyodagi barcha davlatlar kirishi lozim bo‘lgan 23 ta reyting va indekslar ajratib ko‘rsatilgan. Shuningdek, “Global observatoriya” ilmiy markazi (IPI Global Observatoriya) tomonidan 2016-yilda tuzib chiqilgan indeks va reytinglar katalogi 9 guruhdan iborat jami 200 dan ortiq indeks va reytinglarni o‘zida birlashtirgan. Mazkur reyting va indekslarning 30 ga yaqini u yoki bu darajada gender mavzusiga daxldor bo‘lib, alohida guruhga ajratilgan.

home image

Gender ko'rsatkichlari

Gender ko‘rsatkichlari erkak va ayollarning muayyan tartibga solish standartiga nisbatan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatmalarini o‘z ichiga oladi. Ular davlat faoliyatining natijalarini, ham umumiy loyihalarda, ham ijtimoiy-jinsiy aholining manfaatlarini hisobga olishga qaratilgan mamlakatda amalga oshirilayotgan maxsus tashabbuslarda o‘lchash uchun boshqa baholash texnikasi bilan birgalikda zarur va foydali komponent hisoblanadi.

Platforma haqida qisqacha

Reyting nima?

Reyting bu sifat, miqdor yoki har ikkisining turli kombinatsiyalari nuqtayi nazaridan biror narsani baholash, tartiblashtirish hisoblanadi. Reytinglar orqali istalgan narsalar, hodisalar, davlatlar, shaxslar va hokazolarni turli mezonlar bo‘yicha (masalan, mashhurligi, foydaligigi, kattaligi, kichikligiga qarab) baholash mumkin. Indeks tushunchasi ham reytingga yaqin ma’noda ishlatiladi.

Indeks nima?

Indeks (lotin tilidan tarjima qilinganda “ro‘yxat”, “registr”, “ko‘rsatkich”, “ko‘rsatkich barmoq”) – biror elementning umumiy yoki nominal masshtabdagi o‘rnini ko‘rsatadigan yoki biror-bir tizimning faoliyat unumdorligi, rivojlanishi kabi ko‘rsatkichlarni tavsiflovchi raqam, harf yoki boshqa belgilar birikmasi, o‘rganilayotgan obyektning u yoki bu sifat xususiyatlarini miqdoriy jihatdan aks ettiruvchi ko‘rsatkich. Indekslar orqali ham turli obyektlarni baholash, tizimlashtirish va tizimdagi o‘rnini boshqa obyektlar bilan solishtirish mumkin.

Indikator nima?

Indikatorlar esa, odatda, indeks va reytinglarning tarkibidagi ichki baholash ko‘rsatkichi, indeks va reytingdagi asosiy ko‘rsatkichning bir qismini ifodalovchi subko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, reyting va indekslar turli elementlar (masalan, davlatlar, shaharlar, insonlar, hodisalar)ni baholovchi ro‘yxat hisoblanadi.

Portalning android mobil ilovasi

ILMIY-TAHLILIY AXBOROTNOMA

     Oila va gender...
Fransiyaning “Kasbiy (professional) tenglik” indeksi
     Oila va gender...
“Ijtimoiy institutlar va gender” indeksida O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash choralari
     “Oila va gender”...
“Gender raqamli tafovut indeksi”da O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash masalalari
    Oila va gender...
“Global gender tafovut” indeksida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash masalasi
So'nggi yangiliklar
Explore the latest news on the Gender Index, roadshows, blogs, and featured stories from our TGI guests and sponsors.
Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi
Batafsil
Gender tengligi bo’yicha eng yaxshi davlatlar qaysi?
Batafsil
Global gender tafovuti indeksi
Batafsil