Orqaga qaytish

Global gender tafovuti indeksi

O’zbekiston ilk bor Global gender tafovuti indeksi 2024-yil hisobotiga kiritildi. Global Gender Gap Index 2024-yilgi hisobotiga ko’ra, O’zbekiston 146 mamlakatlar orasida 0.681 ball bilan 108 o’rinda joy oldi. Gender tafovut indeksi mamlakatlarni to’rtta asosiy toifa (subindeks) sog’liqni saqlash, ta’lim, iqtisod va siyosat bo’yicha erkaklar va ayollar o’rtasidagi tafovutni o’rganadi va mamlakatdagi gender tengligi holatini baholaydi. O’zbekiston ta’lim darajasi bo’yicha 0.990 ball bilan yaxshi natija ko’rsatgan. 2024-yilda gender tafovuti eng kichik bo’lgan davlat 0.935 ball bilan Islandiya mamlakatlar orasida yuqori o’rinni egallagan. Gender tafovutlari eng yuqori bo’lgan mamlakatlar orasida Yaman (0.568) va Pokiston (0.570) ustunlik qilmoqda. Barcha subindekslar uchun mumkin bo’lgan eng yuqori ball 1 (gender tenglik) va eng past ball 0 (nomutanosiblik) hisoblanadi.

O'xshash maqolalar

Yangiliklar
Gender tengligi bo’yicha eng yaxshi davlatlar qaysi?
Yangiliklar
“Ayollar, biznes va qonun” indeksi
Yangiliklar
Gender Tenglik va Boshqaruv Indeksi (GEGI)
Yangiliklar
Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi