Orqaga qaytish

“Ayollar, biznes va qonun” indeksi

     Jahon banki tomonidan “Ayollar, biznes va qonun” indeksi (WBL) 2009-yilda Jahon banki loyihasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2010-yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda, ushbu indeks ayollarning iqtisodiy imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatadigan qonunlar va qoidalar haqida ma’lumot to‘playdi. Shuningdek, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshilash, kengaytirish va gender huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. “Ayollar, biznes va qonun” indeksi 190 mamlakatni qamrab olgan bo‘lib, jami 35 ta savol va 8 ta ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatda erkaklar va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish o‘rtasidagi huquqiy tafovutlarni baholagan holda, har bir ko‘rsatkich ayolning karyerasidagi alohida bosqichni ifodalaydi. Yurtimiz “Ayollar, biznes va qonun” indeksining asosiy indikatorlari bo‘yicha 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilib, 5 pog‘onaga yuqorilab, O‘zbekiston dunyo davlatlar orasida 134-o‘rinni egalladi. Biroq “Ayollar, biznes va qonun” indeksining 2021, 2022 va 2023 —yillardagi hisobotlarida O‘zbekiston 190 ta davlatlar orasida 70,6 ball bilan qayd etgan holda o‘zgarishsiz qolib kelmoqda edi. Jumladan, O‘zbekiston “Ish joyi” ko‘rsatkichi bo‘yicha 50 ball, “Oylik to‘lov” ko‘rsatkichi bo‘yicha 25 ball, “Nikoh” ko‘rsatkichi bo‘yicha 80 ball, “Pensiya” ko‘rsatkichi bo‘yicha 50 ball, “Ota-onalik” ko‘rsatkichi bo‘yicha 60 ball, qolgan “Harakatchanlik”, “Tadbirkorlik”, “Ko‘chmas mol-mulk” kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa 100 balldan iborat natija ko‘rsatgan edi. “AYOLLAR, BIZNES VA QONUN” indeksining 2024yil hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 190 ta davlatlar orasida 82,5 ball bilan qayd etgan holda 11,9 ball bilan Markaziy Osiyoda birinchilikni egaladi. Jumladan, O‘zbekiston “Harakatchanlik”, “Tadbirkorlik”, “Ko‘chmas mol-mulk”, “Oylik to‘lov”, “Nikoh”, kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha 100 ball to‘plagan bo‘lsa, “Ish joyi” ko‘rsatkichi bo‘yicha 50 ball, “Pensiya” ko‘rsatkichi bo‘yicha 50 ball, “Ota-onalik” ko‘rsatkichi bo‘yicha 60 ball, to‘plagan. 2023-yilda butun dunyo mamlakatlari huquqiy teng imkoniyatlar islohotining uchta toifasi — ish haqi, ota-ona huquqlari va ish joyini himoya qilish bo’yicha islohotlarni ilgari surishda ayniqsa qat’iyatli bo’ldi. Bunda ayniqsa Ozarbayjon, Iordaniya, Malayziya va O‘zbekiston mamlakatlari birgalikda teng qiymatdagi ish uchun teng haq to‘lashni talab qiluvchi yoki ayollarning sanoat yoki xavfli ishlarda ishlash qobiliyatiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qiluvchi 10 ta islohotni amalga oshirganligi bo’yicha peshqadamlik qilmoqda. Umuman olganda, Iordaniya, Malayziya va O‘zbekiston ko‘plab sohalarda o‘tkazilgan keng qamrovli islohotlar tufayli eng ko‘p yaxshilangan iqtisodlar bo‘ldi va bu o‘z ko‘rsatkichlarini 19 dan 28 foizgacha ko‘tardi.

O'xshash maqolalar

Yangiliklar
Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi
Yangiliklar
Gender tengligi bo’yicha eng yaxshi davlatlar qaysi?
Yangiliklar
Gender Tenglik va Boshqaruv Indeksi (GEGI)
Yangiliklar
Global gender tafovuti indeksi