Ayollar Imkoniyatlari Indeksida davlatlarni baholaydigan indikatorlar
Davlatda 1970-yildan 2020-yilgacha ayollarning hukumat rahbari etib saylanganligi (saylangan yillarning umumiysi).
Davlat lavozimlarida ayollar ulushi (ballar bilan hisoblanadi). Ushbu ma’lumotlar ustuni 12 oylik davr uchun o‘rtacha hisoblangan quyidagi omillarning kombinatsiyasini o‘z ichiga oladi:
- 2021-yil 1-yanvar holatiga koʻra ayollarning milliy parlamentlardagi ulushi(foizda);
- 2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra vazirlik lavozimlarida ishlaydigan ayollar ulushi.
Ushbu ma’lumotlar Jahon banki va BMT manbalaridan olinadi.
Rahbarlik lavozimlarida ayollarning ulushi (ballarda baholanadi). Ushbu ma’lumotlar ustuni quyidagi omillarning kombinatsiyasidir:
- rahbar lavozimlardagi ayollar ulushi (Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlari asosida);
- yuqori va o‘rta boshqaruv lavozimlarida ayollar ulushi (Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlari asosida);
- 2010-yildan beri kamida bitta ayol-asoschi tomonidan tashkil etilgan faol kompaniyalar soni (Crunchbase[1] ma’lumotlari asosida);
- ish joyidagi huquqlar (qonun): ayollar va erkaklar ish joyida bir xil qonuniy huquq va imkoniyatlarga egaligi (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ma’lumotlari asosida);
- ish joyidagi huquqlar (munosabatlar): “Oilangizdagi har qanday ayol, agar xohlasa, uydan tashqarida haq to‘lanadigan ishga ega bo‘lishi sizni qanchalik qoniqtiradi?” fikriga qo‘shilmaydigan aholi ulushi (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ma’lumotlari asosida).
[1] Crunchbase xususiy va davlat kompaniyalari haqida biznes ma’lumotlarini taqdim qiluvchi kompaniya. Ularning mazmuni sarmoya va moliyalashtirish ma’lumotlari, ta’sischi a’zolar va rahbarlik lavozimidagi shaxslar, qo‘shilish va sotib olishlar, yangiliklar va sanoat tendensiyalarini o‘z ichiga oladi. Crunchbase dastlab 2007-yilda Maykl Arrington tomonidan TechCrunch veb-saytidagi maqolalarda keltirilgan startaplar ma’lumotlarini kuzatish uchun tashqi ma’lumotlar bazasi sifatida tashkil etilgan. Ularning dasturiy ta’minoti sarmoya tahlili, trend tahlili, veb-trafikni ko‘rib chiqish va marketing uchun vositalarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ular startaplarga oid yangiliklarni ham olib boradilar. Crunchbase Pro ularning chuqur qidiruv vositasidir. Rasmiy sayti https://www.crunchbase.com/
Tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan ayollarning ulushi, shuningdek, mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti ayollar uchun qanchalik jozibadorligi va qulayligi. Ushbu ma’lumotlar ustuni ballarda taqdim etiladi va o‘zida quyidagi omillarni birlashtiradi:
- kamida bitta ayol asoschisi bo‘lgan kompaniyalar ulushi (Crunchbase ma’lumotlari asosida);
- ayollar boshqaradigan kompaniyalar ulushi (Jahon banki ma’lumotlari asosida);
- ayollar hissasi 50% dan ortiq bo‘lgan kompaniyalar ulushi (Jahon banki ma’lumotlari asosida);
- Mastercard Women Entrepreneurs Index 2020 (MIWE)[1] ma’lumotlariga ko‘ra, biznes egalarining umumiy sonida ayol biznes egalarining ulushi;
- biznes yuritishning qulayligini baholash (Jahon banki ma’lumotlari asosida);
- yer aktivlaridan xavfsiz foydalanish (qonun): ayollar va erkaklar yer mulklaridan foydalanishda bir xil qonuniy huquq va xavfsiz foydalanish imkoniyatlariga egaligi (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ma’lumotlari asosida);
- yer bilan bog‘liq bo‘lmagan mulklardan foydalanish (qonuni): ayollar va erkaklar ko‘chmas mulkka bog‘liq bo‘lmagan mulklardan bir xil qonuniy huquq va xavfsiz foydalanish imkoniyatlariga egaligi (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ma’lumotlari asosida);
- rasmiy moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish (qonuni): ayollar va erkaklar bank hisobini ochish va rasmiy moliya institutidan kredit olish uchun bir xil qonuniy huquqlarga egaligi (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ma’lumotlari asosida);
- rasmiy moliyaviy xizmatlardan xavfsiz foydalanish (amaliyoti): moliya institutida (yakka yoki qo‘shma) hisob raqamiga ega bo‘lgan 15 va undan katta yoshdagi shaxslarning umumiy sonida ayollarning ulushi (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ma’lumotlari asosida).
[1] Mastercard kompaniyasi tomonidan dunyo biznes egalari orasida ayollarning ulushini aniqlab boradigan indeks. https://www.mastercard.com/news/insights/2020/mastercard-index-of-women-entrepreneurs-2020/
STEM va tegishli tadqiqot lavozimlarida ayollarning ulushi. Ushbu ma’lumotlar ustuni quyidagi omillarning kombinatsiyasidir:
- ayol tadqiqotchilarning davlatdagi umumiy tadqiqotchilardagi ulushi (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ma’lumotlari asosida);
- oliy ta’limning muhandislik, ishlab chiqarish va qurilish dasturlari bitiruvchilari orasida ayollar ulushi(Jahon banki ma’lumotlari asosida);
- oliy ta’limning ilmiy dasturlari bitiruvchilari orasida ayollar ulushi (Jahon banki ma’lumotlari asosida);
- fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) dasturlari, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari orasida ayollar ulushi (Jahon banki ma’lumotlari asosida).
- kasbiy ta’limga erishish (Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF)[1] ma’lumotlari asosida).
- ishchi kuchida ayollarning ulushi (Jahon banki ma’lumotlari asosida).
[1] Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) – Shveytsariya nodavlat tashkiloti bo‘lib, 1971-yilda tashkil etilgan. Shtab-kvartirasi Jeneva shahrida. Har yili Davos anjumanlarini o‘tkazish bilan mashhur. Uchrashuvlarga yetakchi korxonalar rahbarlari, siyosiy yetakchilar, taniqli mutafakkirlar va jurnalistlar taklif etiladi. Dunyodagi eng keskin muammolar muhokama mavzusi hisoblanadi. Rasmiy sayti: https://www.weforum.org/?src=DAG_2&gclid=EAIaIQobChMIrd2
ntYGB_QIVlZGyCh1OXAWLEAAYASAAEgIFePD_BwE
Bunda hisoblangan ish haqi darajasi va jinslar o‘rtasidagi ish haqi farqi ballarda baholanadi. Ushbu ma’lumotlar ustuni quyidagi omillarning kombinatsiyasidir:
- ayollar va erkaklarning taxminiy mehnat daromadlari o‘rtasidagi nisbat (Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) ma’lumotlari asosida);
- ayollarning taxminiy daromadi (Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) ma’lumotlari asosida).
Har bir mamlakatda ayollarning ta’lim olish darajasi ballarda hisoblanadi. Ushbu ma’lumotlar ustuni quyidagi omillarning kombinatsiyasidir:
- boshlang‘ich maktabda o‘qiyotgan qizlar ulushi;
- o‘rta ta’limga qabul qilingan ayollarning ulushi;
- o‘rtacha o‘qish yillari (ikkala jins);
(Jahon banki ma’lumotlari asosida)
Mamlakatda ayollarga nisbatan ijobiy qonunchilik darajasi (ballarda). Ushbu ma’lumotlar ustuni quyidagi omillarning kombinatsiyasidir:
- ajralishning qonuniyligi (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (OECD) ma’lumotlari asosida);
- siyosiy imkoniyatlar indeksi bo‘yicha hokimiyatdagi ayollar (Jahon Iqtisodiy Forumi (WEF) ma’lumotlari asosida);
- ota-onalik ta’tilining mavjudligi (Jahon siyosatini tahlil qilish markazi ma’lumotlari asosida)[1];
- ish joyida jins bo‘yicha kamsitishni qonun bilan taqiqlanishining mavjudligi (Jahon siyosatini tahlil qilish markazi ma’lumotlari asosida);
- onalik ta’tilining qoplangan davri uchun to‘lanadigan ish haqi foizi (BMT ma’lumotlari asosida).
[1] Jahon siyosatini tahlil qilish markazi AQSHda Garvard, Makgil va Kaliforniya universiteti olimlari tomonidan tuzilgan. BMTga aʼzo 193 ta davlatda taʼlim, sogʻliqni saqlash, kattalar mehnati va mehnat sharoitlari, bolalar mehnati, qashshoqlik, konstitutsiyaviy huquqlar, kamsitish, bolalik, gender, nikoh, oila, qarish va nogironlik bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ib boradi. https://www.worldpolicycenter.org/about/about-world
Mamlakatda onalarga beriladigan pullik ota-ona ta’tillarining umumiy muddati.
OECD va BMT mamlakatlari tomonidan to‘plangan ma’lumotlardan foydalaniladi.