Ayollar tadbirkorlik indeksidagi sub indekslar

Ayollar tadbirkorlik indeksi uchta sub indeksi yig‘indisi sifatida baholanadi:

Keng ma’noda, tadbirkorlik muhiti ma’lum bir jamiyatning “tadbirkorlik ruhi va madaniyati”ni, shuningdek, ayollar tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi institutlarning mavjudligini baholashga qaratilgan. Tadbirkorlik ekotizimida ayollar biznesini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlar baholanadi. Yakuniy sub-indeks “Tadbirkorlik intilishlari” yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, shuningdek, yuqori potensialli ayollar tadbirkorligining rivojlanishi va iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishi uchun zarur bo‘lgan resurslar mavjudligiga e’tibor qaratadi. Ushbu uchta sub indeksning har bir 5 ta jami 15 ta ustundan iborat bo‘lib, ularning har biri tadbirkorlikning mikro va makro darajadagi jihatlariga mos keladigan individual va institutsional o‘zgaruvchini o‘z ichiga oladi. Ushbu ustunlar tadbirkorlikning ko‘plab xususiyatlarini qamrab oladi va baholanayotgan mamlakatlarning kuchli va zaif tomonlarini ko‘rish imkonini beradi.

Ayollar tadbirkorligi indeksi yuqori potentsialga ega ayol tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlovchi yoki to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan individual va institutsional omillarni baholashni o‘z ichiga oladi. Indeks bir qator individual va institutsional omillar ayollarning tadbirkorlik subyektlarini ochish va rivojlantirish qobiliyatiga, tadbirkorlik uchun zarur resurslardan foydalanishga, ayollarni rahbarlik lavozimlariga qabul qilinishida va barcha sohalarda ish tajribasiga ega bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydigan barcha huquqiy imkoniyatlarni baholaydi.