Fuqarolik erkinliklarining cheklanganligi

Fuqarolik erkinliklarining cheklanganligi o‘lchovi ayollarning jamoat va ijtimoiy sohalarda ishtiroki va so‘z erkinligini cheklovchi diskriminatsion (kamsituvchi) qonunlar va amaliyotlarni qamrab oladi. Ushbu tarkibiy indeks ayollarning ijtimoiy va siyosiy muhitdagi o‘rnini, jamiyat hayotining barcha jabhalarida ishtirok etishini hamda ularning so‘z erkinligini cheklovchi diskriminatsion (kamsituvchi) qonunlar va amaliyotlarni qamrab oladi. Bu harakat erkinligining yo‘qligi, ovoz berish yoki saylovda qatnasha olmaslik, ayollarning rahbarlik lavozimini egallashiga to‘sqinlik va bunga salbiy munosabatni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ayollarning davlat boshqaruvi va jamiyat hayotining muhim rivojlanish nuqtalari bo‘lgan boshqaruv, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimidagi ishtirokining muhimligiga e‘tibor qaratadi.

“0”: Ayollar va erkaklar, ayrim ayollar guruhlariga nisbatan qonuniy istisnolarsiz, fuqarolikni olish, o‘zgartirish va saqlab qolish hamda o‘z fuqaroligini turmush o‘rtog‘i va bolalariga berishda bir xil huquqlarga ega. Urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar bu huquqlarni cheklamaydi.

“0,25”: Ayollar va erkaklar, ayrim ayollar guruhlariga nisbatan qonuniy istisnolarsiz, fuqarolikni olish, o‘zgartirish va saqlab qolish hamda o‘z fuqaroligini turmush o‘rtog‘i va bolalariga berishda bir xil huquqlarga ega. Biroq ba’zi kamsituvchi odatlar, an’anaviy yoki diniy amaliyotlar yoki qonunlar bu huquqlarni cheklaydi.

“0,5”: Ayollar fuqarolikni olish, oʻzgartirish va saqlab qolish, shuningdek, turmush oʻrtogʻi va farzandlariga oʻz fuqaroligini berishda erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega. Biroq bu ayollarning barcha guruhlariga taalluqli emas.

“0,75”: Ayollar va erkaklar fuqarolikni olish, o‘zgartirish va saqlab qolish uchun bir xil huquqlarga ega. Biroq ayollar o‘z fuqaroligini eriga yoki bolalariga berish huquqida qonuniy cheklovlarga duch kelishmoqda.

“1”: Ayollar va erkaklar o‘z fuqaroligini olish, o‘zgartirish yoki saqlab qolish uchun bir xil huquqlarga ega emaslar.

“0”: Ayollar va erkaklar shaxsni tasdiqlovchi milliy guvohnoma (agar mavjud bo‘lsa) va pasport olish hamda ayrim ayollar guruhlariga nisbatan qonuniy istisnolarsiz mamlakat tashqarisiga chiqish huquqiga ega. Urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ushbu huquqlarni cheklamaydi.

“0,25”: Ayollar va erkaklar shaxsni tasdiqlovchi milliy guvohnoma (agar mavjud bo‘lsa) va pasport olish hamda ayrim ayollar guruhlariga nisbatan qonuniy istisnolarsiz mamlakat tashqarisiga chiqish huquqiga ega. Biroq ba’zi urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ushbu huquqlarni cheklaydi.

“0,5”: Ayollar va erkaklar shaxsni tasdiqlovchi milliy guvohnoma (agar mavjud bo‘lsa) va pasport olish hamda qonuniy istisnolarsiz mamlakat tashqarisiga chiqish huquqiga ega. Biroq bu ayollarning barcha guruhlariga taalluqli emas.

“0,75”: Ayollar shaxsni tasdiqlovchi milliy guvohnoma (agar mavjud bo‘lsa) va pasport olish hamda mamlakat tashqarisiga chiqish uchun erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega emas.

“1”: Ayollar shaxsni tasdiqlovchi milliy guvohnoma (agar mavjud bo‘lsa) va pasport olish hamda mamlakat tashqarisiga chiqish uchun erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega emaslar.

“0”: Ayollar va erkaklar ovoz berish, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlarida davlat hamda siyosiy lavozimlarni egallashda bir xil huquqlarga ega. Milliy yoki submilliy darajada ayollarning siyosiy faolligini rag‘batlantirish uchun alohida chora-tadbirlar mavjud. Urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ushbu huquqlarni cheklamaydi.

“0,25”: Ayollar va erkaklar ovoz berish, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlarida davlat hamda siyosiy lavozimlarni egallashda bir xil huquqlarga ega. Milliy yoki submilliy darajada ayollarning siyosiy faolligini rag‘batlantirish uchun alohida chora-tadbirlar mavjud. Biroq ba’zi kamsituvchi urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ushbu huquqlarni cheklaydi.

“0,5”: Ayollar va erkaklar ovoz berish, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatlarida davlat hamda siyosiy lavozimlarni egallashda bir xil huquqlarga ega. Siyosiy partiyalarga ayollarning siyosiy faolligini rag‘batlantirish uchun huquqiy kvotalar, maxsus choralar va imtiyozlar mavjud emas.

0,75: Ayollar va erkaklar teng ovoz berish huquqiga ega. Biroq ayollar qonun chiqaruvchi yoki ijro etuvchi hokimiyatda lavozimlarni egallashda huquqiy kamsitishlarga duch kelishadi.

1: Ayollar va erkaklar teng ovoz berish huquqiga ega emaslar.

“0”: Ayolning ko‘rsatuvi barcha turdagi sud ishlarida erkakning ko‘rsatuvi bilan bir xil isbotiy ahamiyatga ega bo‘lib, ayollar erkaklar bilan sudga da’vo qilish, sud tizimida davlat yoki siyosiy lavozimlarni egallash huquqiga ega. Urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ayollarning sudga da’vo qilish, sudda guvohlik berish hamda sudya, advokat yoki boshqa sud xodimi bo‘lishda qonuniy huquqlariga to‘sqinlik qilmaydi.

“0,25”: Ayolning ko‘rsatmasi barcha turdagi sud ishlarida erkakning ko‘rsatmasi bilan bir xil isbot ahamiyatga ega, ayollar erkaklar bilan sudga da’vo qilish va sud tizimida davlat yoki siyosiy lavozimlarni egallash huquqiga ega. Ayollarning guvohlik ko‘rsatmalari an’anaviy/diniy sudlar/tribunallarda bir xil isbot ahamiyatga ega. Biroq ayrim odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar ayollarning sudga da’vo qilish, sudda guvohlik berish yoki sudya, advokat yoki boshqa sud xodimi bo‘lishda qonuniy huquqlarini cheklaydi.

“0,5”: Ayolning ko‘rsatmasi barcha turdagi sud ishlarida erkakning ko‘rsatmasi bilan bir xil isbot ahamiyatga ega, ayollar esa erkaklar bilan bir xil huquqqa ega. Biroq, ayollar sud tizimidagi lavozimlarni egallashda erkaklar bilan teng huquqqa ega emas.

0,75: Ayollar va erkaklar da’vo arizasi berish huquqiga ega. Biroq, ayolning ko‘rsatuvi barcha turdagi sud ishlarida erkakning ko‘rsatmalari bilan bir xil isbotli vaznga ega emas.

1: Ayollar va erkaklar sudga da’vo qilishda bir xil huquqlarga ega emaslar.