Gender ijtimoiy normalar indeksining tarkibiy tuzilishi

Gender ijtimoiy normalar indeksi (GSNI)ning tarkibiy tuzilishi BMTTD tomonidan ishlab chiqilgan boshqa genderga oid indekslarga nisbatan murakkabroq. Chunki jamiyatda mavjud ijtimoiy normalar va munosabatlarni o‘lchash, ularning gender tengligiga qay darajada ta’sir qilayotganligini aniqlash, kuzatish va izohlash juda ham qiyin. Biroq Jahon qadriyatlarni o‘lchash assotsiatsiya tomonidan 1981yildan buyon o‘tkazilib kelinadigan Jahon qadriyatlari tadqiqoti (World Values Survey) ning 5 to‘lqini (2005-2009) va 6 to‘lqini (2010-2014) ma’lumotlaridan foydalangan holda, ijtimoiy normalar, e’tiqodlarning turli o‘lchovlar bo‘yicha gender tengligiga qanday ta’sir qilishi aniqlash uchun gender ijtimoiy normalar indeksini yaratish mumkin. Bugungi kunda ayollar va erkaklar o‘rtasidagi o‘rtacha daromad farqi ta’lim darajasidagi farqdan ko‘ra gender ijtimoiy normalari ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqdir. Gender ijtimoiy normalari ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengayishiga to‘sqinlik qiladi. So‘nggi ma’lumotlar  ayollarning ta’lim olish va iqtisodiy imkoniyatlar o‘rtasidagi yutuqlardagi uzilishni ko‘rsatadi. Gender ijtimoiy normalarida tarafdorlik yuqori bo‘lgan mamlakat ayollari ko‘p vaqtni uy ishlari va parvarishlash ishlariga sarflaydilar, bu erkaklarga qaraganda olti barobar ko‘p degani. Tarafdorlikka asoslangan ijtimoiy gender normalari ayollarni lider bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Garchi, ko‘pgina mamlakatlarda ayollarning siyosiy lavozimlarni egallashlari uchun ko‘plab rasmiy to‘siqlar olib tashlangan bo‘lsa-da, siyosiy vakillikdagi gender tafovutlari  hali-hamon yuqoriligicha qolmoqda. 1995-yildan buyon dunyo bo‘ylab o‘rtacha hisobda ayollar bo‘lgan davlat yoki hukumat rahbarlarining  o‘rtacha ulushi 10 foizligicha saqlanib qolmoqda. Ayollar butun dunyoda parlament o‘rinlarning chorakdan sal ko‘proq qismini egallaydi. Gender tarafdorlik ijtimoiy normalari nafaqat ayollarning erkinliklari va tanlovlarini, balki jamiyatni ayollar rahbarligining afzalliklaridan cheklabgina qolmasdan, qarorlar qabul qilishda ayollarning vakolatlariga to‘sqinlik qiluvchi ijtimoiy normalar jamiyatni turli xil qarashlar, tajribalar, qobiliyatlar, fikrlar va g‘oyalardan mahrum qiladi.

Gender ijtimoiy normalar indeksi (GSNI) gender tengsizlikni to‘rtta asosiy o‘lchov – yo‘nalishlar bo‘yicha o‘lchaydi:

Erkaklarning ayollarga nisbatan siyosiy faolligi nisbati va ayollar va erkaklarning teng huquqlarga ega ekanligi bo‘yicha jamiyatda mavjud ijtimoiy munosabatlarni aniqlash orqali o‘lchanadi;

Oliy ta’lim olish erkaklar uchun ayollarga nisbatan muhimligi haqidagi ijtimoiy munosabat asosida o‘lchanadi;

Ayollar va erkaklarning ishga kirish imkoniyati hamda biznesni tashkil qilish va boshqarishda jins bo‘yicha farq jihatidan jamiyatdagi qarashlarni o‘lchash orqali o‘lchanadi;

Jamiyatda ayollarga turmush o‘rtoqlari tomonidan ko‘rsatiladigan zo‘ravonlikka munosabat va ayollarning reproduktiv salomatligi bo‘yicha holatni aniqlash bilan o‘lchanadi.