HARAKATCHANLIK (MOBILITY)
Harakat erkinligi orqali ayollarning ishtiroki, harakatchanlik ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi, iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lidagi asosiy birinchi qadamdir. Ushbu indikator erkaklar va ayollarning yashash joyini tanlash, erkin sayohat qilish, pasport olish va o‘z xohishiga ko‘ra oilaviy uyni tark etish huquqlarini tartibga soluvchi qonun va qoidalardagi farqlarni kuzatib boradi. Ayolning jismoniy harakatchanligini cheklash, ko‘pincha uning xavfsizligini ta’minlash usuli sifatida oqlanadi, bu ayolning uy xo‘jaligidagi muzokaralar pozitsiyasiga ta’sir qiladi hamda uning iqtisodiy va siyosiy sohalardagi ishtirokini kamaytirishga olib kelishi mumkin. Masalan, ayolning harakatchanligini cheklash uning mehnat bozoriga kirish va biznesni boshlash qaroriga ta’sir qilishi mumkin. Aksincha, harakatchanlikdagi cheklovlarni olib tashlash ayollarni yaxshi ish bilan ta’minlash imkonini beradi. Masalan, Efiopiya oila qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar ayolning iqtisodiy huquqlarini mustahkamlab, uni uydan tashqarida ishlash imkoniyatini oshirdi. Bundan tashqari, sayohat cheklovlarining olib tashlanishi ayollarning nafaqat xususiy sektorda bandligini ta’minlabgina qolmay, balki ularning biznes egasi bo‘lish ehtimolini ham oshiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoning 55 mamlakati ayollarning harakatlanish erkinligini cheklashda davom etmoqda. Ulardan ikkitasi – Eron Islom Respublikasi va Janubiy Sudan bu ko‘rsatkich bo‘yicha 0 ball olgan, 14 ta davlatda ayol uydan bemalol chiqa olmaydi, 10 ta davlatda esa ayol erkak kabi chet elga chiqa olmaydi, 34 davlatda ayol erkak kabi erkin yashash joyini tanlay olmaydi, 28 ta davlatda ayollar pasport olish uchun ariza berishda hamon qo‘shimcha hujjatlar taqdim etishlari shart.