Oilada diskriminatsiya (kamsitilish)

Oilada diskriminatsiya (kamsitilish). Oiladagi kamsitilish ayollarning qaror qabul qilish vakolatlarini cheklaydigan va ularning uy xo‘jaligi hamda oiladagi mavqeini past baholaydigan ijtimoiy institutlarni qamrab oladi. Ushbu rasmiy va norasmiy qonunlar, ijtimoiy normalar va amaliyotlar turli turdagi huquqiy tizimlarda, jumladan, fuqarolik yoki umumiy huquq, odat huquqi va diniy qonunlarda birgalikda mavjud bo‘lib, nikoh, ota-ona hokimiyati, uy vazifalari, ajralish va meros huquqlari kabi sohalarni qamrab oladi. Ayollarning qaror qabul qilish kuchi va oiladagi mavqei ularning o‘z rivojlanish yo‘llarini tanlash qobiliyatini hamda, oilalarining farovonligini belgilaydi. Ijtimoiy institutlar va gender indeksi davlatlarni baholashda quyidagi indikatorlardan foydalanadi hamda 0 dan 1 gacha bo‘lgan shaklda baholaydi. Oilada diskriminatsiya: ushbu tarkibiy indeks 4 ta indikator (ko‘rsatkich) asosida baholanadi.

“0”: Qonun 18 yoshga to‘lgan erkaklar va ayollar uchun nikoh qurishning bir xil minimal yoshini kafolatlaydi. Urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar yosh qizlarni turmush qurishga undamaydi.

“0,25”: Nikohning minimal yoshi erkaklar va ayollar uchun har xil bo‘lishi mumkin, lekin u qonuniy istisnolarsiz 18 yoshdan yuqori hisoblanadi. Biroq ba’zi urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar qizlarni turmush qurishga undaydi.

“0,5”: Nikohning minimal yoshi erkaklar va ayollar uchun farq qilishi mumkin, lekin u 18 yoshdan yuqori hisoblanadi. Biroq ayollarning ayrim guruhlariga nisbatan qonuniy istisnolar mavjud.

“0,75”: Qonun ayollar va erkaklar uchun erta nikohga ruxsat beradi yoki ayollar va erkaklar uchun qonuniy nikoh yoshi yo‘q.

“1”: Qonun ayollar uchun erta nikohga ruxsat beradi, lekin erkaklar uchun emas.

Erta turmushning ko‘lami. Turmushga chiqqan, ajrashgan, beva qolgan yoki norasmiy ittifoqda boʻlgan 15–19 yoshli qizlarning jamiyatdagi ulushi.

“0”: Ayollar uy xo‘jaligida erkaklar bilan bir xil qonuniy huquq va qaror qabul qilish qobiliyati hamda majburiyatlariga ega. Urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ayollarning qonuniy huquqlarini kamsitmaydi.

“0,25”: Ayollar uy xo‘jaligida erkaklar bilan bir xil qonuniy huquqlar va qaror qabul qilish qobiliyatlari hamda majburiyatlariga ega. Biroq odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ayollarning qonuniy huquqlarini kamsitadi.

“0,5”: Uy xo‘jaligida ayollarning ayrim qatlamlari erkaklar kabi qonuniy huquq va qaror qabul qilish qobiliyati hamda majburiyatlariga ega emas yoki oilaviy majburiyatlarni tartibga soluvchi qonun mavjud emas.

“0,75”: Ayollar erkaklar kabi uy xo‘jaligi boshlig‘i sifatida tan olinishi yoki ota-onalik huquqiga ega bo‘lish huquqidan foydalanmaydi.

“1”: Ayollar oila boshlig‘i sifatida tan olinishi va ota-onalik huquqiga ega bo‘lish uchun erkaklar bilan bir xil qonuniy huquqlardan foydalanmaydi.

“0”: Bevalar va qiz farzandlar ajrashgan erkak va o‘g‘il farzandlar bilan bir xil huquqlarga ega bo‘lib, mol-mulklarni meros qilib oladilar. Bu ayollarning barcha guruhlari uchun amal qiladi. An’anaviy va diniy qonunlar yoki amaliyotlar ayollarning meros huquqlarini kamsitmaydi.

“0,25”: Bevalar va qiz farzandlar mol-mulklarni meros qilib olishda ajrashgan erkak hamda o‘g‘il farzandlar bilan bir xil huquqlardan foydalanadilar. Bu ayollarning barcha guruhlari uchun amal qiladi. Biroq ayollarning meros huquqlarini kamsituvchi ba’zi an’anaviy yoki diniy qonunlar mavjud.

“0,5”: Bevalar va qiz farzandlar ajrashgan erkak hamda o‘g‘il farzandlar bilan bir xil huquqlarga ega bo‘lib, mol-mulklarni meros qilib oladilar. Biroq bu ayollarning barcha guruhlariga taalluqli emas.

“0,75”: Bevalar va qiz farzandlar mol-mulklarni meros qilib olishda ajrashgan erkak hamda o‘g‘il farzandlar bilan bir xil huquqlardan foydalanmaydilar.

“1”: Bevalar va qiz farzandlar mol-mulklarni meros qilib olishda ajrashgan erkak hamda o‘g‘il farzandlar kabi huquqlardan foydalanmaydilar.

“0”: Ayollar onalik huquqiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan, ajrimni boshlash huquqiga hamda ajrashish yoki ajrashishni bekor qilishda erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega. Bu ayollarning barcha guruhlari uchun amal qiladi. An’anaviy va diniy qonunlar hamda amaliyotlar ayollarning ajrim yoki ajrimdan keyin onalik huquqiga nisbatan huquqlarini kamsitmaydi.

“0,25”: Ayollar onalik huquqiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan, ajrimni boshlash huquqiga hamda ajrashish yoki ajrashishni bekor qilishda erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega. Bu ayollarning barcha guruhlari uchun amal qiladi. Biroq ajrimdan keyin ayollarning ajrim yoki onalik huquqiga nisbatan ba’zi an’anaviy va diniy qonunlar hamda amaliyotlar mavjud.

“0,5”: Ayollar onalik huquqiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasdan, ajrimni boshlash huquqiga hamda ajrashish yoki ajrashishni bekor qilishda erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega. Biroq bu ayollarning barcha guruhlariga taalluqli emas.

“0,75”: Ayollar ajrim bo‘yicha erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega emaslar: yoki ajrimni boshlash, tugatish yoki bekor qilish huquqlari bir xil emas yoki ajrimdan keyin onalik huquqi cheklangan.

“1”: Ayollar ajrim bo‘yicha erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega emaslar ajrimni boshlash, tugatish yoki bekor qilish huquqlari bir xil emas hamda ajrimdan keyin onalik huquqi cheklangan.