Ishlab chiqarish va moliyaviy resurslardan foydalanishning cheklanganligi
“Ishlab chiqarish va moliyaviy resurslardan cheklanganlik” o‘lchovi ayollarning muhim ishlab chiqarish, iqtisodiy resurslar va aktivlardan foydalanish imkoniyatlarini hamda ularni nazorat qilishni qamrab oladi. Ushbu tarkibiy indeks ayollarning mulklarga egalik qilish, nazorat qilish yoki va foydalanish, munosib mehnat hamda moliyaviy xizmatlardan foydalanish huquqlarini cheklovchi qonunlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yerga, uy-joy va boshqa mulklarga egalik qilish yoki qaror qabul qilishda kamsituvchi odatiy amaliyotlar, ayollarning rasmiy mehnatiga nisbatan kamsituvchi amaliyotlar yoki munosabatlar hamda ayollarning mulkka egalik qilishi yoki kredit olishi erkaklar vositachiligida bo‘lishi kerakligini ko‘rsatadigan ijtimoiy me’yorlarni o‘rganadi. SIGI dasturi bo‘yicha yer-mulklarga va moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan huquqlarning cheklanishi ayollarning daromad olish imkoniyatlarini pasaytiradi, ayollarning uy xo‘jaligida qaror qabul qilish qobiliyatini pasaytiradi, ayollar va ularning oilalari uchun oziq-ovqat xavfsizligini cheklaydi hamda ularni qashshoqlikka yetaklaydi.
“0”: Ayollar va erkaklar ayollarning ayrim guruhlari uchun huquqiy istisnolarsiz, yer mulklaridan xavfsiz foydalanishda bir xil qonuniy huquqlarga ega. Urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ayollarning qonuniy huquqlarini buzmaydi.
“0,25”: Ayollar va erkaklar ayollarning ayrim guruhlari uchun huquqiy istisnolarsiz, yer mulklaridan xavfsiz foydalanishda bir xil qonuniy huquqlarga ega. Biroq ba’zi odatlar, diniy yoki an’anaviy amaliyotlar yoki qonunlar ayollarning qonuniy huquqlarini buzadi.
“0,5”: Ayollar va erkaklar yer mulklaridan xavfsiz foydalanishda bir xil qonuniy huquqlarga ega. Biroq, bu ayollarning barcha guruhlariga taalluqli emas.
“0,75”: Ayollar va erkaklar yer mulkiga egalik qilishda bir xil qonuniy huquqlarga ega. Lekin, yer mulklaridan foydalanish, ularni garov sifatida ishlatish yoki bu masalada qaror qabul qilishda ishtirok etmaydilar.
“1”: Ayollar yer mulkiga egalik qilishda erkaklar bilan bir xil qonuniy huquqlarga ega emaslar.
“0”: Ayollar va erkaklar ayollarning ayrim guruhlari uchun huquqiy istisnolarsiz, yerga tegishli bo‘lmagan mulklardan foydalanishda bir xil qonuniy huquqlarga ega. Urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ayollarning qonuniy huquqlarini buzmaydi.
“0,25”: Ayollar va erkaklar ayollarning ayrim guruhlari uchun huquqiy istisnolarsiz, yerga tegishli bo‘lmagan mulklardan foydalanishda bir xil qonuniy huquqlarga ega. Biroq ba’zi odatlar, diniy yoki an’anaviy amaliyotlar yoki qonunlar ayollarning qonuniy huquqlarini buzadi.
“0,5”: Ayollar va erkaklar yerga tegishli bo‘lmagan mulklardan foydalanishda bir xil qonuniy huquqlarga ega. Biroq bu ayollarning barcha guruhlariga taalluqli emas.
“0,75”: Ayollar va erkaklar yerga tegishli bo‘lmagan mulklardan foydalanishda bir xil qonuniy huquqlarga ega. Lekin yer mulklaridan garov sifatida foydalanishda qaror qabul qilishda ishtirok etmaydilar.
“1”: Ayollar yerga tegishli bo‘lmagan mulkka egalik qilishda erkaklar bilan bir xil qonuniy huquqlarga ega emaslar.
“0”: Ayollar va erkaklar, ayrim ayollar guruhlariga nisbatan qonuniy istisnolarsiz, bank hisobvarag‘ini ochish va rasmiy moliya institutidan kredit olish huquqiga ega. Urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ayollarning yuqorida sanab o‘tilgan qonuniy huquqlarini kamsitmaydi.
“0,25”: Ayollar va erkaklar, ayrim ayollar guruhlariga nisbatan qonuniy istisnolarsiz, bank hisobvarag‘ini ochish va rasmiy moliya institutidan kredit olish huquqiga ega. Biroq ba’zi odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ayollarning yuqorida sanab o‘tilgan qonuniy huquqlarini kamsitadi.
“0,5”: Ayollar va erkaklar, ayrim ayollar guruhlariga nisbatan qonuniy istisnolarsiz, bank hisobvarag‘ini ochish va rasmiy moliya institutidan kredit olish huquqiga ega. Biroq bu ayollarning barcha guruhlariga taalluqli emas.
“0,75”: Ayollar va erkaklar rasmiy moliyaviy muassasada bank hisobvarag‘ini ochishda bir xil huquqlarga ega. Biroq ayollar kredit olishda erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega emaslar.
“1”: Ayollar rasmiy moliya institutida bank hisobvarag‘ini ochishda erkaklar bilan bir xil huquqlarga ega emaslar.
“0”: Qonunchilik ish joyida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglikni kafolatlaydi. Bola ta’tili onalar va otalarga beriladi. Qonun ayollarning homiladorlik, tug‘ruq va bola ta’tili davridagi huquqlarini himoya qiladi. Urf-odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar ayollarning muayyan kasblar bilan shug‘ullanish, kasb tanlash va tadbirkorlikni ro‘yxatdan o‘tkazishdagi qonuniy huquqlariga to‘sqinlik qilmaydi.
“0,25”: Qonunchilik ish joyida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglikni kafolatlaydi. Ota-onalik ta’tili onalar va otalarga beriladi hamda qonun ayollarning homiladorlik, tug‘ruq va bola ta’tili davridagi huquqlarini himoya qiladi. Biroq ayollarning muayyan kasblar bilan shug‘ullanish, kasb tanlash yoki biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga to‘sqinlik qiladigan odatlar, diniy va an’anaviy qonunlar yoki amaliyotlar haqida dalillar mavjud.
“0,5”: Qonunchilik ish joyida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglikni kafolatlaydi. Ota-onalik ta’tili onalar va otalarga beriladi hamda qonun ayollarning homiladorlik, tug‘uruq va bola ta’tili davridagi huquqlarini himoya qiladi. Biroq bu ayollarning barcha guruhlariga taalluqli emas.
“0,75”: Qonunchilik ish joyida ayollar va erkaklar o‘rtasidagi tenglikni kafolatlaydi. Biroq ota-onalik ta’tili onalar yoki otalarga berilmaydi hamda qonun ayollarning homiladorlik, tug‘uruq va bola ta’tili davridagi huquqlarini himoya qilmaydi.
“1”: Qonunchilik ish joyida erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tenglikni kafolatlamaydi.
Shuningdek, mazkur ko‘rsatkichni baholashda “Oilangizdagi har qanday ayol uydan tashqarida haq toʻlanadigan ish bilan shugʻullanishi mutlaqo maqbuldir” degan fikrga qoʻshilmaydigan aholi ulushi hamda boshqaruvda band bo‘lganlarning umumiy sonidagi erkaklar ulushi o‘rganiladi.