Jismoniy daxlsizlikni cheklash
Jismoniy daxlsizlikni cheklash zo‘ravonlikning ko‘plab shakllariga nisbatan ayollar va qizlarning zaifligini oshiradigan, ularning tanalari va reproduktiv mustaqilligi ustidan nazoratni cheklaydigan hamda gender zo‘ravonlik munosabatlarini normallashtiradigan ijtimoiy institutlarni qamrab oladi. Bunga ayollarning jismoniy daxlsizligi va reproduktiv erkinligini himoya qila olmaydigan, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka yo‘l qo‘yadigan rasmiy va norasmiy qonunlar, normalar va amaliyotlar kiradi. Genderga asoslangan zo‘ravonlik va reproduktiv erkinlikning yo‘qligi sababli cheklangan jismoniy daxlsizlik ayollar va ularning bolalari salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga, ayollarning qashshoqlikdan chiqishlariga to‘sqinlik qiladi. Ushbu tarkibiy indeks 4 ta indikator asosida baholanadi.
“0”: Qonunchilik ayollarni zo‘ravonlikdan, jumladan, yaqin sheriklarning jinsiy zo‘ravonligidan huquqiy istisnolarsiz, har tomonlama himoya qiladi.
“0,25”: Qonunchilik ayollarni zo‘ravonlikdan, jumladan, yaqin sheriklar jinsiy zo‘ravonligidan huquqiy istisnolarsiz himoya qiladi. Biroq ushbu yondashuv muammoning barcha tomonlarini qamrab olmagan.
“0,5”: Qonunchilik ayollarni zo‘ravonlikdan, jumladan, yaqin sheriklar jinsiy zo‘ravonligidan himoya qiladi. Biroq ba’zi huquqiy istisnolar mavjud.
“0,75”: Qonunchilik ayollarni zo‘ravonlikning ba’zi shakllaridan, jumladan, yaqin sheriklar tomonidan jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qiladi. Lekin jinsiy zo‘ravonlikning hamma shakllaridan emas.
“1”: Qonunchilik ayollarni zo‘ravonlik shakllaridan, jumladan, yaqin sheriklar tomonidan jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilmaydi.
Mazkur ko‘rsatkich davlatda ushbu amaliyot haqida eshitgan va bunga xayrixoh bo‘lgan 15-49 yoshdagi ayollarning ulushidan kelib chiqib hisoblanadi.
0-4 yoshdagi bolalar o‘rtasidagi jinsiy nisbat (100 nafar qizga o‘g‘il bolalar soni)
“0”: Qonunchilik ayollarning reproduktiv salomatligi va huquqlarini istalmagan homiladorlik holatlarida himoya qiladi.
“0,25”: Qonunchilik ayollarning reproduktiv salomatligi va huquqlarini istalmagan homiladorlik holatlarida himoya qiladi, ammo ushbu homiladorlikni asoslashni talab qiladi.
“0,5”: Qonunchilik faqat ba’zi asoslar bilan istalmagan homiladorlik holatlarida ayollarning reproduktiv salomatligi va huquqlarini himoya qiladi.
“0,75”: Qonunchilik faqat ayollarning reproduktiv salomatligi va huquqlarini istalmagan homiladorlik holatlarida qat’iy asoslar bilan himoya qiladi.
“1”: Qonunchilik asosi ayollarning reproduktiv salomatligi va istalmagan homiladorlik holatlarida huquqlarini himoya qilmaydi.