KO‘CHMAS MOL-MULKLAR (ASSETS)
Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishda mulkning asosiy rolini hisobga olgan holda, Mol-mulk ko‘rsatkichi mulkchilik va meros bo‘yicha gender farqlarini o‘rganadi. Ayollarning resurslarga egalik qilishi, ulardan foydalanishi va nazorati ularning faoliyati va iqtisodiy daromadlari uchun muhimdir. Empirik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turmush o‘rtoqlar o‘rtasida mulkning teng taqsimlanishi ayollarning oilada qaror qabul qilishiga yordam beradi. Masalan, xotin-qizlarning meros huquqini mustahkamlash ayollarning ta’lim va sog‘lig‘ini yaxshilashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. So‘rovda qatnashgan 190 ta davlatdan 76 tasida hali ham ayollarning mulkiy huquqlari cheklanmoqda. Dunyo bo‘ylab 57 ta davlat ayolning uy xo‘jaligiga qo‘shgan pulsiz hissasini tan olmaydi. Ayollarning ko‘pchiligi haq to‘lanmaydigan uy ishlarini bajarishi sababli ularning ish topish va mustaqil hayot kechirish imkoniyatlari ko‘pincha cheklangan. 19 ta davlat ayollarga ko‘chmas mulkka teng egalik qilish huquqini bermaydi va 18 ta davlat ayollarga birgalikda egalik qiladigan mulkni boshqarish huquqini bermaydi. Biroq tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ayollarga mulkka teng huquq berish ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish uchun juda muhimdir. Turmush o‘rtoqlar yoki bolalar o‘rtasidagi teng meros huquqlari ayollarning iqtisodiy mustaqilligi va garov sifatida ko‘chmas mulkdan foydalangan holda kredit olishlari uchun ham muhim ahamiyatga ega. 41 ta davlat hanuzgacha mulkni taqsimlashda o‘g‘il bolarga ustunlik beradi, 43 ta mamlakat hali ham tirik qolgan erkak va ayol turmush o‘rtoqlarga teng meros huquqini bermaydi. O‘rganilgan 190 ta davlatdan 76 tasida hali ham ayollarning mulkiy huquqlari cheklanmoqda. Dunyo miqyosida 57 ta davlat ayollarning haq to‘lanmaydigan parvarish va uy ishlarini tan olmaydi. Ayollar ko‘p haq to‘lanmaydigan parvarish va uy ishlarini bajarishi sababli ularning ish qidirish hamda mustaqil hayotga erishish imkoniyatlari ko‘pincha cheklangan. Shuningdek, 19 ta davlat ayollarga ko‘chmas mulkka teng egalik huquqini bermaydi va 18 ta davlat ayollarga birgalikda egalik qiluvchi mulklarni nazorat qilish huquqini bermaydi. Shunga qaramay, tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ayolga mulkka teng huquq berish uning iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshilash uchun juda muhimdir. Teng meros huquqlari ayollarning iqtisodiy mustaqilligi va ko‘chmas mulkdan garov sifatida foydalanish orqali kredit olish qobiliyatining asosiy omilidir. 41 ta davlat hanuzgacha o‘g‘illar va qizlar o‘rtasida meros huquqlarini farqlaydi, mulkni taqsimlashda o‘g‘il farzandlarni afzal ko‘radi. 43 ta davlat haligacha erkak va ayolga teng meros huquqini bermaydi.