MEHNAT (WORKPLACE)
Ish joyi ko‘rsatkichi ayolning mehnat bozoriga kirish qaroriga ta’sir etuvchi qonunlarni, jumladan, uning huquqiy va mehnat qobiliyatini, shuningdek, kamsitish va jinsiy zo‘ravonlikdan himoya qilishni tahlil qiladi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayolning o‘z kasbini erkin tanlay olmasligi uning ish topish imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda va qonunchilikdagi to‘siqlarni bartaraf etish ayollarni haq to‘lanadigan ishlarda va yuqori ma’lumot talab qiladigan ishlarda qatnashishga undashi mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, ish joyidagi jinsiy zoʻravonlik ayolning martabasiga salbiy ta’sir koʻrsatishi va moliyaviy stressni kuchaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi.