NIKOH (MARRIAGE)
Nikoh ko‘rsatkichi nikoh va ajralish bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy cheklovlarni baholaydi, bu ham ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Qayerda bu cheklovlar davom etar ekan, ayollarning harakat erkinligi va ayollarning uy xo‘jaligida qaror qabul qilish huquqi zaiflashadi. Hozirda ayollar 89 ta davlatda bunday cheklovlarga duch kelishda davom etmoqda. Nikoh va ajrim kabi oilaviy masalalar, shuningdek, oiladagi zo‘ravonlik kabi boshqa kundalik ishlar ko‘pincha shaxsiy hisoblanadi va odatda uy xo‘jaligi bilan chegaralangan ijtimoiy normalar hamda ayollarning jamiyatdagi o‘rni haqidagi g‘oyalar bilan belgilanadi. Nikoh kabi o‘ta xususiy masalalarni isloh qilish ko‘pincha milliy yoki madaniy o‘ziga xosliklarni himoya qilish bahonasida qarshi chiqiladi. Oiladagi zo‘ravonlik ayollarning sog‘lig‘iga va ularning mehnatda faol ishtirok etish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishdan tashqari dunyo yalpi ichki mahsulotining 5 foizga qisqarishiga olib keladi. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’siri oiladagi zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunlar mavjud bo‘lmagan mamlakatlarda kuchaymoqda. Oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunlarni qabul qilish va kuchaytirish hamda ayollarning qaror qabul qilish vakolatlarini kuchaytirish oiladagi zo‘ravonlikning tarqalishi hamda unga bog‘liq iqtisodiy xarajatlarni cheklashga yordam beradi. Bundan tashqari, ayollarning ish joyidagi farovonligini oshiradi va ularning lavozimga ko‘tarilish hamda yuqori maosh olish ehtimolini oshiradi. Shu sababli oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunchilik ayollarning mehnatdagi ishtirokini yaxshilash uchun juda muhimdir.