OTA-ONALIK (PARENTHOOD)
Ota-onalik ko‘rsatkichi homiladorlik davrida va undan keyin ayolning ishiga ta’sir qiluvchi qonunlarni, shu jumladan, pullik ta’tilni hamda firmalarda ayollarning homilador bo‘lganligi sababli ishchilarni ishdan bo‘shatishini taqiqlovchi qonunlarni o‘rganadi. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT)ning onalikni himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi, 2000-yil (№183)da belgilab qo‘yilganidek, ayol tug‘ishidan oldin, homiladorlik tufayli ishdan bo‘shatilishidan himoyalanishi juda muhimdir. Homilador ishchilarni himoya qilish ayollarni ishchi kuchida ishtirok etishga undash uchun muhim ahamiyatga ega. Homiladorlik davrida mehnatni muhofaza qilish ayollarning farzand ko‘rishning biologik qobiliyati tufayli nohaq ishdan bo‘shatilmasligi yoki kamsitilmasligini ta’minlaydi. Ayol farzand ko‘rgandan keyin ham siyosatga aralashuv zarurati muhim bo‘lib qolmoqda. Darhaqiqat, tadqiqotlar tug‘uruq ta’tillari va ayollar bandligi o‘rtasida ijobiy hamda statistik jihatdan muhim bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Onalik ta’tillari ish beruvchi kafolati emas, balki davlat tomonidan to‘liq moliyalashtirilsa, ijobiy munosabat yanada kuchayadi. 2000-yildagi XMTning Onalikni himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyasida ko‘rsatilganidek, 72 ta davlatda kamida 14 haftalik tug‘uruq va tug‘ish bo‘yicha to‘lanadigan ta’til berilmaydi, 118 ta davlatda ishlaydigan onalarga kamida 14 haftalik pullik tug‘uruq ta’tilini beradi. Biroq bu mamlakatlardan faqat 80 tasi ijtimoiy ta’minot kabi davlat jamg‘armalari orqali onalik nafaqalarini beradi, 15 ta davlatda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar faqat ish beruvchi tomonidan qoplanadi, 23 ta davlatda esa xarajatlar ish beruvchilar va davlat o‘rtasida taqsimlanadi. Kerakli muddatdagi tug‘uruq ta’tili va ish joyini saqlab qolish juda muhim bo‘lsa-da, faqat onalik ta’tilini taklif qilish, ayniqsa, 30 haftadan ortiq, ish kuchidagi ayollarning kamligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, otalik va onalik ta’tillari o‘rtasidagi tafovutning kichikroq bo‘lishi ayollarning mehnatda ishtirok etish ko‘rsatkichlarining yuqoriligi bilan bog‘liq bo‘lib, ota-ona ta’tillaridagi farqni qisqartirish orqali ayollarning mehnatdagi ishtirokini oshirish mumkinligini ko‘rsatadi. Dunyo bo‘ylab 117 ta davlat otalarga pullik bolalik ta’tilini beradi. Garchi bir xil miqdordagi mamlakatlarda tug‘uruq ta’tillari (118 ta) va ota-ona ta’tillari (117 ta) ta’minlansa-da, ta’tilning davomiyligi keskin farq qiladi, onalar uchun o‘rtacha 192,3 kun va otalar uchun 22,5 kunga to‘g‘ri kelmoqda.