Siyosiy vakolat

Ushbu subindeks vazirlik lavozimlarida ayollar va erkaklar nisbati hamda parlament lavozimlarida ayollar va erkaklar nisbati orqali siyosiy qarorlarni qabul qilishning eng yuqori darajasida erkaklar va ayollar o’rtasidagi farqni o’lchaydi. Bundan tashqari, oxirgi 50 yil davomida ijroiya hokimiyatida (bosh vazir yoki prezident) ishlagan yillar bo’yicha ayollar va erkaklar nisbatini hisoblash ham kiritilgan. Ushbu sohadagi aniq kamchilik — ayollar va erkaklar mahalliy hokimiyat darajasida ishtiroki o’rtasidagi tafovutni aks ettiruvchi ko’rsatkichlarning yo’qligi hisoblanadi. Agar kelgusi yillarda bunday ma’lumotlar global miqyosda qiyosiy darajada mavjud bo’lsa, ular indeksga kiritish uchun ko’rib chiqiladi.