TADBIRKORLIK (ENTREPRENEURSHIP)
Biznesni yuritish maoshli ishga muqobil va ko‘pincha ayollar uchun ma’qul tanlov bo‘lgani uchun “Tadbirkorlik” indikatori ayolning biznes boshlash va yuritish qobiliyatidagi to‘siqlarni o‘rganadi. Xotin-qizlarga nisbatan teng bo‘lmagan huquqiy munosabat tadbirkor ayollar va tadbirkorlik faoliyatini boshlashni rejalashtirayotgan ayollar uchun jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. Tadbirkorlikni boshlash ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishning muhim yo‘li hisoblanadi. Tadbirkorlikni boshlashda ayollar sezilarli darajada ko‘proq to‘siqlarga duch kelishadi. Natijada ayollarning tadbirkor bo‘lish ehtimoli kamroq bo‘lib, global miqyosda har 100 tadbirkorga 68 nafar tadbirkor ayol to‘g‘ri keladi. So‘nggi taqdqiqotlarga ko‘ra, gender tafovuti daromadi past bo‘lgan mamlakatlarda eng yuqori ekanligini ko‘rsatmoqda. COVID-19 pandemiyasi bu nomutanosiblikni yanada kuchaytirdi, COVID-19 pandemiyasi davrida kredit olish uchun ariza topshirish ehtimoli ko‘proq bo‘lsa-da, erkaklarga qarashli firmalarga qaraganda ikki baravar ko‘proq rad etilgan. Ayniqsa, garovga qo‘yiladigan talablarni kamaytirish orqali ayollarning moliyadan foydalanishini rag‘batlantiradigan siyosat ayollarga tegishli firmalarning unumdorligi va barqarorligini oshirishning muhim vositalaridir. Ayollar tadbirkorligidagi cheklovlarni olib tashlash iqtisodiy inklyuziyaga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Garchi 89 ta davlat tadbirkorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha eng yuqori ballni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, ko‘pgina iqtisodlarda ayollar hali ham moliyadan foydalanishda qonuniy cheklovlarga duch kelmoqdalar va bu ularning muvaffaqiyatli tadbirkor bo‘lish imkoniyatlarini cheklaydi. Xalqaro moliya korporatsiyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, tadbirkor ayollarning kreditga 1,7 trillion AQSh dollari miqdorida qondirilmagan talabi mavjud. Bugungi kunga qadar 101 ta davlatda kredit olishda gender asosidagi kamsitishlarni aniq taqiqlovchi qonun hujjatlari hali ham mavjud emas ekan.