TA’SIRLAR (IMPACT)

TA’SIRLAR — bu gender raqamli tafovutni bartaraf etishga qaratilgan sa’y-harakatlarning natijalarini ifodalaydi. Mazkur natijalar gender tenglik asosida raqamli xizmatlarning yo‘lga qo‘yilganligi, ularning kasbiy rivojlanish, yetakchilik borasidagi munosabatlarda ishtirokini nazarda tutadi. Ushbu komponent internetga kirish, mobil telefondan foydalanish va raqamli to‘lovlar bo‘yicha gender tafovutini, shuningdek, davlat va xususiy sektorda qarorlar qabul qilishda gender muvozanatini o‘lchaydigan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur komponent ham quyidagi 10 ta indikatorlarni o‘z ichiga oladi.