GENDER RAQAMLI TAFOVUT INDEKSI (Gender Digital Divide Index)
GENDER RAQAMLI TAFOVUT INDEKSI (Gender Digital Divide Index)
Ma’lumki, global raqamlashtirish tendensiyasi sharoitida davlatlar o‘z raqamli strategiyalari orqali fuqarolarni munosib raqamli xizmatlar bilan ta’minlash, internet aloqasini kengaytirish, raqamli tafovutni bartaraf etish, keng miqyosda raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan jamiyatda raqamlashtirish islohotlarini amalga oshirmoqda.
2021-yil oxiriga kelib, dunyo aholisining qariyb uchdan ikki qismi internet va raqamli texnologiyalardan xususan, ijtimoiy tarmoqlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, mexnat bozori, moliyaviy xizmatlar, fuqarolarning elektron xizmatlardagi ishtiroki va davlat xizmatlaridan foydalanib kelmoqda. Biroq, internetga ulanmagan insonlar esa hanuzgacha ish va ta’lim imkoniyatlaridan chetda qolmoqda va internet bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar hamda xizmatlardan mahrum bo‘lmoqda. To‘rtinchi sanoat inqilobiga kelib jamiyat hayotining barcha sohalari transformasiyaga uchramoqda. Raqamlashtirish fenomeni shu qadar ijtimoiy hayotimizga chuqur kirib keldiki, bugunga kelib raqamli texnologiyalarsiz hayotimizni tasavvur etishimiz qiyin.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda raqamli transformasiyaga o‘tish jarayonlari jamiyatda ayollarga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosiblikni ham keltirib chiqarmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida o‘rtacha 62% erkaklar, 57% esa ayollar internetdan foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Ayollar va qizlarning jamiyatda raqamli ishtirokini oshirish 2025-yilga borib global yalpi ichki mahsulotning taxminan 524 milliard AQSh dollariga o‘sishiga hissa qo‘shishi mumkin.
Mavjud holat gender raqamli tafovutni yuzaga chiqarishiga turtki beradi. Gender raqamli bo‘linishi odatda, darhol bilinmasligi mumkin, ammo u keyinchalik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayollarga mo‘ljallangan raqamli ma’lumotlar va xizmatlar mahalliy tillarda bo‘lmasligi ularning bunday kontentlar, platformalarga kirish ularning imkoniyatini cheklaydi. Bundan tashqari, raqamli ilovalar va xizmatlar ko‘pincha ayollar va qizlarning o‘ziga xos talablariga javob bera olmaydi. Hukumat va boshqa siyosiy faktorlar raqamlashtirish sharoitida gender bilan bog‘liq munosabatlarning, xususan, internetga kirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdagi xavfsizlik choralari, shaxsga doir ma’lumotlatni himoya qilish, raqamli ko‘nikmalarni o‘rgatadigan ta’lim dasturlariga ayollarni jalb qilishni rag‘batlantirilmasligi sababli to‘g‘ri va tizimli siyosiy chora-tadbirlarni qo‘llashni taqozo etadi.
Mazkur masalalarga samarali yechim topish orqali gender raqamli tafovutni bosqichma-bosqich bartaraf etish mumkin. Masalan, gender raqamli bo‘linishni oldini olish maqsadida quyidagi reformalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: internetning mavjudligi va undan foydalanishda tarif stavkalarining qulay narxda bo‘lishi, internet bilan bog‘liq qurilmalarning mavjudligi, raqamli savodxonlik va ko‘nikmalarni shakllantirish, STEM ta’limi, kiberxavfsizlik va shaxsiy ma’lumotlarning ishonchli, xavfsiz himoyalanishi, davlatning raqamli siyosatdagi normativ-huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir.
COVID-19 pandemiyasi sharoitida gender raqamli bilan bog‘liq muammolar yaqqol ko‘zga tashlandi. Masalan, dunyoning ayrim qismlarida maktablar yopilgan paytda o‘qishni onlayn davom ettira olmagan qizlar maktab qayta ochilgandan keyin ularning o‘zlashtirish darajasi past darajada bo‘lganligi qayd etildi. Tadqiqotlarga ko‘ra, Alibaba raqamli platformasining sotuv bo‘limi boshqaruvchilarning ko‘pchilik qismi ayollarni tashkil etgan. Shuningdek, ayollar boshchiligidagi bo‘limlarning o‘rtacha savdosi erkaklarnikiga qaraganda pastroq ekanligi aniqlangan. Bunga esa ayollarga nisbatan biznes operasiyalarni bajarishda birmuncha qiyinchilik tug‘dirgani bois savdo hajmi tushganligi bilan xarakterlanadi.
Gender raqamli tafovut indeksi(Gender raqamli tafovut indeksi (GRTI) raqamli texnologiyalardan foydalanishda gender tafovutni o‘lchaydigan va baholaydigan tizimdir. U raqamli ko‘nikmalar, internetga kirish va foydalanish usullari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi nomutanosiblikni aniqlash uchun mo‘ljallangan.
WinDt Consulting kompaniyasi DAKA Advisory bilan hamkorlikda(Gender raqamli tafovut indeksi (GRTI) ishlab chiqib sinovdan o‘tkazadi. GRTI ilk marta keng qamrovli, global gender raqamli tafovutni taqqoslash vositasi sifatida mamlakatlarning gender raqamli bo‘shliqlarni tadqiq etish, raqamli gender tafovutlar bo‘yicha yutuq va kamchiliklarni o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. GRTI 2022 — pilot (sinov-tajriba) tadqiqotida dunyo aholisining 57 foizini va global yalpi ichki mahsulotning 54 foizini tashkil etuvchi oltita global mintaqadagi 20 ta mamlakat ko‘rib chiqildi. Tadqiqot mavjud ko‘rsatkichlarga asoslanib, gender va raqamli ma’lumotlar bo‘shliqlarini bartaraf etish uchun ko‘plab maxsus ko‘rsatkichlarni ishlab chiqdi, 2023-yilgi tadqiqot dunyo bo‘ylab kamida 60 ta davlatni va kengroq ko‘rsatkichlarni qamrab olishi rejalashtirilgan.
Gender raqamli bo‘linish indeksi nima uchun muhim? U gender raqamli tafovutining hozirgi holati haqida qisqacha ma’lumot beribgina qolmasdan, hukumat, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari va donor tashkilotlarga davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy imidjini shakllantirish, xalqaro hamjamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lish, investitsiyaviy aloqlarni yo‘lga qo‘yish va raqamli jamiyat barpo etishda muhim ahamiyatga ega. GRTI maqsadi ayollarning raqamli dunyoda to‘liq ishtirok etishiga to‘sqinlik qiladigan omil va shart-sharoitlarni tahlil qilish, baholash va yechim berishni nazarda tutadi. Indeks mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha taqqoslash imkonini beruvchi gender raqamli tafovutning miqdoriy o‘lchovini hisoblashga xizmat qiladi. U internetga kirish darajasi, mobil telefondan foydalanish, raqamli savodxonlik va texnologiya bilan bog‘liq farqlar kabi turli indikatorlar asosida hisoblanadi.
GENDER RAQAMLI TAFOVUT INDEKSI
Mazkur indeks gender raqamli tafovutni kamaytirish bo‘yicha mamlakat taraqqiyotini o‘lchaydigan model bo‘lib, uni hisoblash metodologiyasi ma’lum bir indikatorlarga tayanadi. Indeks uchta asosiy komponent va 30 ta indikatoridan iborat. Mamlakatni tanlash ma’lum bir tadqiqot yoki tahlil qilish uchun muayyan davlatlarni tanlash jarayonini anglatadi. Jarayon aniq mezonlar yoki ko‘rsatkichlar asosida tadqiqotga kiritiladigan mamlakatlarni diqqat bilan ko‘rib chiqishni o‘z ichiga oladi. Bu o‘rganilayotgan mavzuga nisbatan mamlakatlar o‘rtasidagi farqlar, o‘xshashliklar yoki nomutanosibliklarni tushunishga yordam beradi. GRTIning 2022- yil e’lon qilgan hisbotida tanlangan mamlakatlar Jahon bankining mamlakatlarning daromadlari tasnifiga ko‘ra, yuqori daromadli, o‘rtadan yuqori daromadli, quyi o‘rta daromadli va past daromadli mamlakatlar bo‘lib hisoblanadi. GRTI uchun tanlangan 20 ta mamlakat dunyo aholisining taxminan 57 foizini va global YaIMning 54 foizini tashkil qiladi.
Davlatlarning belgilangan indeks asosida hisoblangan ko‘rsatkichlari tadqiqot va ma’lumotlarni to‘plash davriga asoslangan bo‘lib hisoblanadi. Shunday ekan, mamlakatlarning gender raqamli tafovutni kamaytirish uchun olib borgan islohot yoki o‘zgarishlar va indeksda aks etgan ballar o‘rtasida muayyan tafovut bo‘lishi mumkin. Bu cheklov shuni anglatadiki, masalan, gender yetakchilik bo‘yicha taqdim etgan hisobotlari davrida hisobot ko‘rsatkichlarida o‘zgarish sodir bo‘lib, hisobot taqdim etilgan kundan biroz muddat o‘tib, ayollarning davlat, xususiy sektordagi yetakchilik ko‘rsatkichidagi ulushining ortishi yoki aksincha, tushishi mumkin. Indeksni hisoblab chiqishda zarur bo‘lgan ma’lumotlar xalqaro tashkilotlardan to‘plangan manbalar asosida shakllantiriladi. Agar zarur bo‘lgan miqdoriy ma’lumotlarda qiymatlar etishmayotgan bo‘lsa, tadqiqot guruhi 0 ball bilan baholaydi. Bu bir tomondan mamlakatlarni shaffoflikni ta’minlash uchun xalqaro tashkilotlarga ma’lumotlar haqida hisobot berishga undasa, ikkinchi tomondan taqdim etgan hisobotlari asosida indeksda e’lon qilingan ko‘rsatkichlar davlatlarning ijobiy yoki salbiy imiji uchun ta’sir ko‘rsatadi.
Ma’lumotlarni modellashtirish — bu ma’lumotlar va unga doir barcha atributlarning konseptual tasvirini yaratish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumotlarni modellashtirish obyektlarni, atributlarni (xususiyatlarni) va ular orasidagi munosabatlarni qamrab olishni, samarali ma’lumotlar bazalarini loyihalashga yordam beradi.
Mazkur indeks gender munosabatlari o‘rtasidagi bo‘shliqlarni, tafovutlarni aniqlash maqsadida qo‘llanilib, mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot ko‘rsatkichlarini emas, balki asosiy diqqat e’tibor ini gender tafovut bilan bog‘liq munosabat, jarayonlarga qaratadi. Indeksni hisoblashda qo‘llanilgan yondashuv Jahon iqtisodiy forumining Global gender tafovut indeksiga o‘xshaydi. Global gender tafovut indeksi ma’lumotlarni tasniflaydi va 0 dan 3 gacha ball bilan baholaydi, 3 ball gender o‘rtasidagi tenglikni, muvozanatni anglatadi. Pastroq ko‘rsatkchli ballar esa yuqori gender nomutanosibligini ko‘rsatadi.
Shunday ekan, indeks gender nomutanosibligini har tomonlama tushunishga, tadqiq etishga qaratilgan bo‘lib, gender tafovutlari mavjud bo‘lgan va hal qilinishi kerak bo‘lgan sohalarni aniqlashga, gender tengsizligiga hissa qo‘shadigan turli omillarni tadqiq etishga mo‘ljallangan. Indeksda indikatorlar soni jami 30 tani tashkil etib, indikator ballari 0 dan 100 gacha bo‘lgan shkala bo‘yicha baholanadi. 100 eng yaxshi natija bo‘lib hisoblanadi. Indeksni hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
x = (x — Min(x)) / (Max(x) — Min(x))
Min(x) va Max(x) – tajriba-sinov uchun tanlab olingan 20 ta mamlakat uchun mos ravishda eng past va eng yuqori qiymatlardir. Keyin qiymat boshqa ko‘rsatkichlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri solishtirish uchun 0-1 qiymatidan 0-100 ballga o‘zgartiriladi. Gender raqamli tafovutni aniqlash indeksi boshqa xalqaro indekslar kabi muyyan spesifik tadqiqot obektiga ega bo‘lib hisoblanadi. Bunda jamiyatda raqamli transformatsion jarayonlar kechayotgan bir paytda raqamli gender tafovutni aniqlash, uning sabablari, oqibatlarini chuqur ilmiy tahlil etish, so‘ngra samarali yechim uchun o‘z xulosalanri taqdim etish bilan birga jamiyatda ayollarning raqamli xizmatlar foydalanish, internetdan foydalanish qamrovini kengaytirish, davlat boshqaruv organi va mexnat bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga ko‘maklashishda mazkur indeks muhim metodologik instrument vazifasini o‘taydi. Agar e’tibor qaratilsa, gender raqamli tafovutni aniqlashning o‘ziga xos metodologiyasi yaratilganligi guvoh bo‘lamiz. Indeks shunchaki ma’lum miqdorda ishlab chiqilgan indikatorlar asosida yaratilmagan. Har bir indikator ma’lum bir fazada ishlash prinisipiga ko‘ra farqlanadi. Masalan, asoslar komponenti tarkibiga kiruvchi indikatorlar bu dastlabki infratuzilmani aniqlash va bunda gender bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan ta’minlanganlik holatini anglatadi. Keyingi faollashtiruvchilar komponenti tarkibidagi indikatorlar esa jamiyat raqamli ekotizimida mavjud ma’lumotlar asosida aniqlangan muammolarga qay tarzda yechim berilganligi, agar biror muammo bo‘lsa barataraf etish bilan bog‘liq jarayonlarni ifoda etuvchi indikatorning mavjudligi bilan o‘ziga xos ahamiyatga ega. Masalan, asoslar komponentidagi Ta’limda AKT indikatori orqali ta’limning qanchalik raqamlashgani to‘g‘risidagi ma’lumotga ishora qilsa, faollashtiruvchilar komponentidagi Gender raqamli inklyuziya siyosati uning qay tarzda amaliyot bilan parallel yo‘lga qo‘yilganini aniqlaydi. Shuningdek, yana e’tiborli jihati shuki ma’lumotlarni yigish jarayonlarini shartli ikkiga bo‘lish mumkin. Biri, xalqaro tashkilotlar, indekslar, mamlakatarning taqdim etgan hisobotlariga asoslangan holda, ikkinchisi mustaqil tadqiqot asosida shakllantiriladi.
Gender Raqamli Indeks
Please wait while flipbook is loading. For more related info, FAQs and issues please refer to DearFlip WordPress Flipbook Plugin Help documentation.