Orqaga qaytish

GENDER TENGLIK SARI YO‘L

  Bugungi texnologik taraqqiyot davr bosqichiga kelib dunyo mamlakatlari, xalqaro tashkilot hamda hukumatlar inson salohiyatidan unumli foydalanish, uni ro‘yobga chiqarish qanchalik muhim ahamiyat kasb etishini va jamiyat taraqqiyotining asosiy omili inson ekanligi kunday ravshan bo‘lib qolmoqda. Bu o‘rinda ayollar ham jamiyatda muhim o‘rin tutishi, ular ham erkaklardek huquq va imkoniyatlarga ega bo‘lishi, ular uchun ham munosib shart-sharoitlarning yaratilishi adolat nuqtayi nazardan gender tenglik masalasini kun tartibiga olib chiqadi.

  Ayollar imkoniyatlarini kengaytirish — bu ayollarning sharoit, resurslar va imkoniyatlardan foydalanish imkoniyatlarini yaratish, ularga o‘z tanlovini amalga oshirish hamda iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotda to‘liq ishtirok etish imkonini berish jarayonidir. Bu ayollarga o‘z salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish, kamsitish va zo‘ravonlikdan holi hayot kechirishlari uchun zarur vositalar va imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat bo‘lib hisoblanadi. Gender tengligi – bu erkaklar va ayollar teng huquqlar, majburiyatlar va imkoniyatlarga ega bo‘lishini anglatadi. Demak, jinsidan qat’i nazar, har bir inson ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, ish bilan ta’minlash, siyosiy hayotda ishtirok etishda teng imkoniyatlarga ega.

  Barqaror rivojlanish va tinchlikka erishish uchun ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish ham, gender tengligi ham muhim ahamiyatga ega. Ayollarga zarur shart-sharoitlarning yaratilganda ular o‘z oilalarining salomatligi va ta’limiga ko‘proq e’tibor qaratadi, bu esa sog‘lom avlodni voyaga yetkazishda yordam beradi. Ular shuningdek, iqtisodiy o‘sishni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan ishchi kuchida ishtirok etadi. Bundan tashqari, gender tengligi ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni kamaytirishga, yanada barqaror va tinch jamiyatlarni yaratishga yordam beradi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) tarkibidagi Inson taraqqiyoti bo‘yicha hisobotlar idorasi tomonidan 2023-yil 18-iyulda “Tenglikka yo‘l: Ayollar imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligi bo‘yicha binar indekslar” to‘g‘risidagi hisobotini taqdim etdi. Mazkur hisobot BMTTD va BMT Ayollar tashkiloti tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan va ikkita eksperimental indeksdan iborat. Bugunga kelib davlatlarda ayollarning huquqlari poymol qilinishi, huquqlarining buzilishi, kamsitish va imkoniyatlarning teng emasligi kuzatilmoqda.

   BMTTD va BMT Ayollar tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan yangi kompozit indekslar ushbu bo‘shliqni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lib, pirovardida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligi yo‘lida katta tashabbuslarni amalga oshirishga qaratilgan. Indekslar ayollarning global miqyosdagi holatini har tomonlama baholash uchun ko‘p o‘lchovli asosdan foydalanadi. Birinchisi, Ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish indeksi ayollarning tanlovi va hayotdagi imkoniyatlardan foydalanishdagi kuchi va erkinliklarini o‘lchashga qaratilgan. 

   Shunisi e’tiborga loyiqki, bu BMTning birinchi gender indeksi bo‘lib, ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni mustaqil o‘lchov sifatida o‘z ichiga oladi. Ikkinchisi, Global gender pariteti indeksi inson taraqqiyotining to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha gender tafovutini baholashni taklif etadi (sog‘liqni saqlash, ta’lim, inklyuzivlik va qarorlar qabul qilish). Tadqiqot doirasida 114 mamlakatdan olingan ma’lumotlarni tahlil qilgan holda, 3,1 milliard ayol va qizlarning ayollar huquqlarini kengaytirish bo‘yicha past yoki o‘rtacha ko‘rsatkichlari hamda gender tengligiga erishish bo‘yicha past yoki o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadigan mamlakatlarda yashashini aniqladi. Darhaqiqat, ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab ayollar o‘zlarining to‘liq salohiyatining atigi 60 foizini namoyon etmoqda. Muhim jihati shundaki, ushbu binar indekslar siyosatchilar uchun ayollar huquqlarini kengaytirish va gender tengligiga erishish bo‘yicha mamlakatlar o‘z majburiyatlarini qanday bajarayotganini kuzatish uchun yangi vosita bo‘lib xizmat qiladi. Olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra quyidagilar aniqlandi:

  • Global miqyosda ayollar Ayollar imkoniyatlarini kengaytirish (WEI) tomonidan o‘lchanganda ayollar o‘rtacha atigi 60 foiz potensialini namoyon etadilar va Global gender pariteti indeksi(GGPI) tomonidan o‘lchanadigan inson taraqqiyotining asosiy o‘lchovlari bo‘yicha erkaklarnikidan o‘rtacha 28 foiz kamroq maosh oladilar.
  • Tahlil qilingan 114 mamlakatning hech birida ayollarning huquqlarini to‘liq kengaytirishga yoki to‘liq gender tengligiga erishmagan. Bundan tashqari, ayollar va qizlarning
    1 foizdan kamrog‘i ular uchun yaratilgan imkoniyatlar yuqori bo‘lgan mamlakatlarda yashaydi.
  • 3,1 milliard ayol va qizlar, ya’ni dunyo ayol aholisining 90 foizdan ortig‘i ayollarning imkoniyatlar past yoki o‘rta darajada bo‘lgan, shuningdek, ushbu maqsadlarga erishishda past yoki o‘rta ko‘rsatkichlar bilan ajralib turadigan mamlakatlarda yashaydi.
  • Ayollar va qizlarning qariyb 8 foizi ayollarning imkoniyatlari past yoki o‘rta darajada bo‘lgan, lekin gender tengligiga erishishda yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarda yashaydi.
  • Hech bir mamlakat katta gender tafovutini saqlab qolgan holda ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga erishmagan. Bu shuni ko‘rsatadiki, ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish gender tafovutlari bartaraf etilmaguncha qiyin bo‘lib qoladi.
  • Ayollar va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligini ta’minlash uchun faqat yuqori inson taraqqiyotini ta’minlashning o‘zi etarli emas. Tahlil qilingan
    114 mamlakatdan 85 tasida ayollarning imkoniyatlari past yoki o‘rta darajada, gender paritetiga erishishda esa past yoki o‘rta ko‘rsatkichlar mavjud.
  • Ushbu guruhdagi mamlakatlarning yarmidan ko‘pi inson taraqqiyoti guruhiga kiradi, bu yuqori inson taraqqiyoti avtomatik ravishda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish va gender tengligiga olib kelmasligini bildiradi.[1]

[1] “The paths to equal:Twin indices on women’s empowerment and gender equality” by the United Nations Development Programme (UNDP) and the United Nations Entity for Gender Equality and the Empowerment of Women (UN Women), 2023. P-1,2

O'xshash maqolalar

Maqolalar
GLOBAL GENDER TAFOVUTI 2024-YILGI INDEKSIDA XORIJIY MAMLAKATLARNING YUTUQLARI VA O’ZGARISHLARI TAHLILI
Maqolalar
Fransiyaning “Kasbiy (professional) tenglik” indeksi
Maqolalar
“Gender raqamli tafovut indeksi”da O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash masalalari
Maqolalar
“Global gender tafovut” indeksida O‘zbekiston o‘rnini yaxshilash masalasi