AYOLLAR, BIZNES VA QONUN INDEKSI (Women, Business and Law Index)
“Ayollar, biznes va qonun” indeksi 2009-yilda Jahon banki loyihasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2010-yildan buyon muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu indeks ayollarning iqtisodiy imkoniyatlariga ta’sir ko‘rsatadigan qonunlar va qoidalar haqida ma’lumotlar to‘plab, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini yaxshilash, kengaytirish va gender huquqlarini ta’minlash bo‘yicha tadqiqotlar olib boradi. “Ayollar, biznes va qonun 1.0” indeksi o‘z ichiga 1971-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan holda jami 35 ta savol va 8 ta ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatlarning erkaklar va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish o‘rtasidagi huquqiy tafovutlarni baholab borgan.
Jahon banki 2024-yildan boshlab esa qonunlarning hayotga tatbiq etilishidagi tafovutlarni aniqlash maqsadida yangi “Ayollar, biznes va qonun 2.0” metodologiyasini va ikki yangi ko‘rsatkich — «xavfsizlik» va «bola parvarishi» indikatorlarini joriy qilgan. Ushbu metodologiya va indikatorlar orqali qonunlarni nafaqat rasmiy jihatdan o‘rganish, balki ularning amalda tatbiq etilishini qo‘llab-quvvatlovchi mexanizmlarning mavjudligini tekshiradi hamda ekspertlar fikri asosida qonunlarning ayollar hayotiga ta’sirini o‘lchaydi va avvalgi mavjud ko‘rsatkichlarni qayta ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston “Ayollar, biznes va qonun” indeksining asosiy indikatorlari bo‘yicha 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritilib, so‘ng 5 pog‘onaga yuqorilab, O‘zbekiston dunyo davlatlar orasida 134-o‘rinni egalladi. Indeksining 2021, 2022 va 2023-yillardagi hisobotlarida O‘zbekiston 190 ta davlat orasida 70,6 ball, 2024-yilda O‘zbekiston 190 ta davlat orasida 82,5 ball qayd etgan holda Markaziy Osiyoda birinchilikni egallagan. “Ayollar, biznes va qonun” indeksining 2024-yil hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston “ish joyi” ko‘rsatkichi bo‘yicha 100 balldan 50 ball, “pensiya” ko‘rsatkichi bo‘yicha 50 ball, “ota-onalik” ko‘rsatkichi bo‘yicha esa 60 ball bilan past natija ko‘rsatgan.
Indeks metodologiyasi
«Ayollar, biznes va qonun» indeksi 190 mamlakatni qamrab olgan bo‘lib, jami 35 ta savol va 8 ta ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakatda erkaklar va ayollarning iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanish o‘rtasidagi huquqiy tafovutlarni baholaydi. Har bir ko‘rsatkich ayolning karerasidagi alohida bosqichni ifodalaydi. Metodika tadbirkorlar va xodimlar sifatida ayollar uchun huquqiy muhitning oson takrorlanadigan o‘lchovi sifatida ishlab chiqilgan. Indeks ma’lumotlarni oila, mehnat va jinoyat qonunchiligi bo‘yicha bilimga ega mahalliy ekspertlarning fikr-mulohazalari asosida yangilaydi.

Ko‘rsatkich darajasidagi ballar ushbu indikator doirasidagi savollarning o‘rtacha qiymatini hisoblash va natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan olinadi. Keyin umumiy ballar har bir ko‘rsatkich bo‘yicha o‘rtacha qiymatni olish yo‘li bilan hisoblanadi, 100 ball eng yuqori ko‘rsatkichni bildiradi. Umumiy qilib aytganda har bir indikator 100 ballik tizim orqali baholanadi, 4 ta subindiktordan iborat bo‘lgan taqdirda 25 ball, 5 ta subindiktordan iborat bo‘lgan taqdirda 20 ball qo‘yiladi.

Indikatorlar
“Ayollar, biznes va qonun” indeksi 2025
Please wait while flipbook is loading. For more related info, FAQs and issues please refer to DearFlip WordPress Flipbook Plugin Help documentation.
“Ayollar, biznes va qonun” indeksi
Please wait while flipbook is loading. For more related info, FAQs and issues please refer to DearFlip WordPress Flipbook Plugin Help documentation.